Shukuhli kunlarda yurtimizda Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda. Serquyosh diyorimizning barcha joylarida bo‘lganidek Hazorasp tumani 4-son ummumiy o'rta taʼlim maktabida ham Navro‘z bayrami katta tantanalar bilan kutib olinmoqda.
Xususan, 4-son maktabida joriy yilning 18 mart kuni Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab “Xush kelding Navro‘z” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Mazkur bayramona tadbir doirasida pishirilgan sumalak, osh, ko‘k somsalar bayram dasturxonga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishladi.

Azaliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan bu kabi bayramlarning mamlakatimizda keng nishonlanishi elimizda obodlik,
tinchlik-totuvlik va millatlaro ahillik hukm surishiga xizmat qiladi.

Hazorasp tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 4-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Xush kelding Navro'z” tantanali nishonlandi
Maktabning " Karvak minjiqlari " raqs dastasining raqqosa qizlari " Boychechak" raqsini ijro etmoqdalar.

Bizning 4- sonli maktabimizning "Yosh vatanparvar" yigitlari Navroʼz bayrami shodiyonasida har xil sport mashqlarini
bajarish jarayonida Yangi Oʼzbekistonimizning bayrogʼini koʼkka koʼtarib turibdilar.

Bu yilgi sumalak har yildagiga qaraganda ancha shirin chiqibdi.

Salom senga Navroʼzi olam,
Sen kelding- u bezandi olam.
Chunon qiygʼos gulladi bogʼlar,
Yashil rangga burkandi togʼlar.
Sen- la kelar qaldirgʼoch, laylak ,
Qozonlarda toshar sumalak.
Binafsha- yu, yalpiz boychechak,
Boshin egar misli kelinchak.
Kampirlarda kattakon kapgir,
Doshqozonni aylanib gir- gir.
Dildan qizgʼin suhbat qurarlar.
Baxtli davron gashtin surarlar.
Yigit- qizlar kuylashar yor- yor.
Koʼkbarak - u , koʼksomsa tayyor,
Keling doʼstlar shoʼx davramizga,
Shohtaomlar muntazir sizga.
( Salima Bonu)
Hazorasp tumanidagi 4 - sonli maktabda Navroʼz bayrami shodiyonasi boʼlib oʼtdi. Maktab direktori O. Sapaev bayram qatnashchilarini tabriklamoqda. Bahorning tabarruk ayyomi Sizga, oilangizga va har bir xonadonga tinchlik, osoyishtalik,
risq-nasiba, olam-olam sevinch va baxt olib kelsin!

Bugungi Navroʼz bahor bayrami bilan barchangizni qutlab qolamiz.
Doimo sogʼlik-salomatlik, baxt, omad sizni aslo tark etmasin! Faoliyatingizga ravnaq, Bahoriy iliqlik, goʼzallik doimiy
Doimo sogʼlik-salomatlik, baxt, omad sizni aslo tark etmasin! Faoliyatingizga ravnaq, Bahoriy iliqlik, goʼzallik doimiy
hamroh boʼlishligini tilab qolamiz. Yana bir bor Navroʼz ayyomingiz muborak boʼlsin!
4-son
maktab jamoasi nomidan
Iskandarova Iroda Menjer: Ro'zmetova Diyora
maktab jamoasi nomidan
Iskandarova Iroda Menjer: Ro'zmetova Diyora